«RB Leypsig» qanot o‘yinchisi Yan Diomande kelgusi mavsumda Madridning «Real» klubida o‘ynaydi.
Bu haqda «oq ko‘ylaklilar»ning rasmiy saytida ma'lum qilindi. 19 yoshli futbolchi bilan uzun muddatli shartnoma imzolandi, u 2033 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Oldinroq OAVda shartnoma summasi bonuslar bilan birga 120 million yevrodan oshishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Diomande 2025 yildan beri nemis klubida faoliyat yuritmoqda. Ushbu yozda u Kot-d’Ivuar terma jamoasi tarkibida 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etdi va 1/16 finalgacha yetib bordi.
Ispaniya chempionatining yangi mavsumidagi birinchi turda «Real» «Espanyol»ga qarshi safarda o‘ynaydi. Uchrashuv 22 avgustda bo‘lib o‘tadi.
