Hurmatli prezident «Bavariya» Uli Xyoness, darvozabon Manuel Noyer haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Ma'lum bo'lishicha, kelgusi mavsum Noyerning futbol karerasidagi so'nggi mavsumi bo'lishi mumkin.

«Manuel hali ham eng yaxshilardan biri. Men uni jahon darajasidagi darvozabon deb hisoblayman. U kelgusi mavsumda jamoaning muvaffaqiyatiga katta hissa qo'shishi mumkin. Xarakteri haqida gapiradigan bo'lsak, Noyerda zarur bo'lgan barcha sifatlar mavjud. Yosh o'yinchilar uni o'zlariga namuna sifatida ko'rishadi. U hali ham ambitsiyali va biz uchun nihoyatda muhim», – dedi Xyoness Sport Bildga bergan intervyusida.

Mart oyida Manuel Noyer 40 yoshga to'ldi.