«Real» klubida «RB Leypsig» yarimhimoyachisi Yan Diomande transferi ustida ishlar davom etmoqda.

Jurnalist Floryan Plettenbergning ma'lum qilishicha, klublar muzokaralarni qayta boshlashdi va «oq-qora»lar shartnomani iloji boricha tezroq yakunlashni maqsad qilgan. «Real»da 19 yoshli ivoriyalik futbolchining «RB Leypsig»ning Avstriyaga pre-sezon yig‘iniga jo‘nab ketishidan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishiga umid qilinmoqda.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, yaqin 24 soat ichida Diomandening madrid klubiga o‘tishi bo‘yicha hal qiluvchi qaror qabul qilinishi mumkin.

Oldinroq, matbuotda «RB Leypsig» va «Real» o‘yinchining transfer summasi bo‘yicha kelisha olmaganligi haqida ma'lumotlar tarqatilgan edi. Shuningdek, qanot o‘yinchisi yangi mavsumga nemis jamoasi tarkibida tayyorgarlik ko‘rishini xabar qilgan edi.