Hujumchi «Volfburg»dan Mohamad Amura «RB Leypsig»ga o‘tishga yaqin. Bu haqda Voetbalkrant xabar bermoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, jazoirlik futbolchi «Benfika»ga o‘tishga yaqin bo‘lgan va Lissabonda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak edi, ammo oxirgi daqiqada nemis klubi aralashdi.
«RB Leypsig» 25 yoshli hujumchini Bundesligada qolishga ishontira oldi, u Diomandeni almashtirish uchun ko‘rilmoqda. Potensial transfer summasi hozircha oshkor qilinmagan. Transfermarkt baholashicha, Amuraning narxi 20 million evrodir.
O‘tgan mavsumda futbolchi 33 ta klub o‘yinida 8 gol va 4 assist bilan ajralib turdi.
