Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida 2024-yil 24-iyul, juma kuni taqdim etiladi.

Florian Plettenbergning ma'lumotlariga ko'ra, Germaniya futbol assotsiatsiyasi Kloppni e'lon qilish va taqdim etish uchun 12:00da, Moskva vaqti bilan, matbuot anjumani o'tkazishni rejalashtirmoqda.

Yurgen Kloppning so'nggi ish joyi «Liverpul» bo'lib, u 2015-2024-yillarda jamoani boshqargan. Nemis mutaxassisi rahbarligida «qizillar» sakkizta kubokni qo'lga kiritishdi – ikki marta Angliya ligasi kubogi, shuningdek, bir marta Angliya Premer-ligasi, Chempionlar ligasi, Angliya kubogi, Angliya Superkubogi, UEFA Superkubogi va klub jahon chempionati. Bundan tashqari, Klopp «Liverpul»ni ikki marta Chempionlar ligasi finaliga va bir marta Yevropa ligasi finaliga olib chiqdi.