«Frayburg» darvozaboni Noa Atubolu Italiyada karerasini davom ettirishi mumkin.
«La Gazzetta dello Sport» ma'lumotlariga ko'ra, yangi darvozabon izlayotgan «Yuventus»ga 24 yoshli futbolchining xizmatlari taklif qilingan. Nemis darvozaboni «Frayburg» bilan yangi shartnoma imzolashni xohlamaydi - futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha davom etadi, shuning uchun kelasi yozda u erkin agentga aylanishi mumkin.
Noa Atubolu «Frayburg»ning tarbiyalanuvchisi bo'lib, u butun karerasi davomida shu klubda o'ynagan. 2025/26 yilgi mavsumda darvozabon barcha musobaqalarda 50 ta o'yinda qatnashib, 70 ta gol o'z darvozasiga kiritilgan, shuningdek, 12 ta o'yinda darvozasi daxlsiz qolgan. Transfermarkt portalida Atuboluning qiymati 25 million evro deb baholanmoqda.




