Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Mario Gotze Dortmundning «Borussiya» klubida ishlagan ikki mashhur nemis murabbiyi o'rtasidagi farqni sharhladi. Ularning bir-biridan juda farq qilayotganini ta'kidladi.

«Klopp odamlar, o'yinchilar bilan a'lo darajada ishlardi, har biridan maksimal imkoniyatlarni chiqarib olishga harakat qilardi. Tuchel bilan esa hamma narsa boshqacha edi, ular farq qiladi. U uzoq muddatli strategiyaga e'tibor qaratardi va o'sha paytda klubning dinamikasini to'liq qabul qilmagan edi. Ammo texnik jihatdan juda bilimdon edi», - deya Gotzening so'zlarini The Athletic keltirmoqda.

Hozirda Mario Gotze Frankfurtning «Ayntraxt» klubida o'ynaydi.