«Bavariya» rasmiy saytida futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi. Konrad Laymer mehnat shartnomasini 2029 yilning o'rtalarigacha imzoladi.
29 yoshli Laymerning asosiy pozitsiyasi – o'ng himoyachi. Biroq, avstriyalik markaziy yarim himoyachi sifatida ham o'ynay oladi.
Konrad Laymer 2023 yilning yozidan beri «Bavariya»da o'ynaydi. U uch mavsumda 136 rasmiy o'yinda maydonga tushib, 7 gol urdi va 21 golga assist berdi.
2026/2027 yilgi mavsumning birinchi o'yini «Bavariya» 22 avgustda o'tkazadi. Bu kunda Myunxen jamoasi Dortmundning «Borussiya»siga qarshi Germaniya Superkubogida o'ynaydi.




