«Shtutgart» «Volfsgburg»ning hujumchisi Jenan Peychinovich uchun yangi taklif berdi. Germaniyaning WAZ nashriga ko'ra, klub forvard uchun 22 million evrogacha to'lashga tayyor, shuningdek, bonuslar ham qo'shiladi.
«Volfsgburg» o'tgan mavsum natijalariga ko'ra, Bundeliga dan tushib ketgan bo'lsa-da, transferning asosiy summasi sifatida 25 million evro talab qilishda davom etmoqda.
O'z navbatida, Peychinovich klubni tark etishni va Chempionlar ligasida o'ynaydigan jamoaga o'tishni xohlaydi. Futbolchining agenti «bo'rilar»ning mashg'ulot lagerida bo'lib, bitimni yakunlashga harakat qildi. O'tish ehtimoli yuqori.
O'tgan mavsumda nemis futbolchisi 34 o'yinda maydonga tushib, 12 gol urdi va 1 assist berdi.




