«Monako» va AQSh terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogun Germaniyada faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Ekrem Konur ma'lumotlariga ko'ra, Dortmundning «Borussiya»si hujumchini qo'lga kiritishga qiziqmoqda. «Shmellar» amerikalikni Karimu Adeyemining o'rnini to'ldiruvchi sifatida ko'rmoqda, chunki u deyarli «Barselona»ga o'tishga kelishib olgan.

Folarin Balogun 2023 yilda «Arsenal»dan «Monako»ga 30 million evro evaziga o'tdi. Uning monakoliklarga bo'lgan shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi 43 o'yin o'tkazib, 19 gol urdi va beshta golli uzatma berdi. Transfermarkt portalida amerikalikning narxi 40 million evro deb baholangan.