Germaniyalik hujumchi Karim Adeyemi «Barselona»ga o'tish jarayonini tugatishga yaqin. Mundo Deportivo ma'lumotlariga ko'ra, 24 yoshli futbolchi muvaffaqiyatli ravishda tibbiy ko'rikdan o'tdi, kataloniyalik klub va Dortmundning «Borussiya»si bitimning oxirgi tafsilotlarini hal qildi.

Adeyemi kecha kechqurun Barselonaga yetib keldi va ertalab shahar klinikalaridan birida tibbiy ko'rikdan o'tdi. Dastlab, transferni rasmiylashtirish juma kuniga qadar cho'zilishi mumkin edi, ammo klublar o'rtasidagi kelishmovchiliklar tezda hal qilindi.

Xabarlarga ko'ra, «Barselona» futbolchiga taxminan 34 million evro to'laydi, shundan 26 millioni kafolatlangan to'lovlar, qolgan 8 million esa bonus sifatida belgilangan.

Adeyemi yozgi mavsumda «Barselona»ning Entoni Gordondan keyingi ikkinchi yangi o'yinchisi bo'ladi. Futbolchining rasmiy taqdimoti kelasi hafta rejalashtirilgan, o'tish haqida rasmiy e'lon yaqin soatlarda kutilyapti.