Dortmundning «Borussiya»si «PSG»ning qanot o'yinchisi Ibraima Mbayeni transfer qilish ustida ishlamoqda.

«Sariq-qora»lar vakillari parijliklar bilan potentsial transferni muhokama qilish uchun aloqaga chiqishdi, deb xabar beradi insayder Fabrizio Romano. 18 yoshli istiqbolli futbolchiga Angliya Premer-ligasining boshqa vakillari ham qiziqish bildirmoqda.

Transfermarkt mutaxassislari Ibraima Mbayening qiymatini 30 million evro deb baholamoqda, uning amaldagi shartnomasi ikki yildan keyin tugaydi. Yosh senegallik futbolchi «PSG»ning asosiy jamoasi uchun barcha musobaqalarda jami 42 ta o'yin o'tkazdi, 4 ta gol va 4 ta assist bilan o'zini namoyon qildi.