«Bavariya» hujumchisi Garri Keyn Saudiya Arabistonida faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Sasha Tavorieri ma'lumotlariga ko'ra, «Al-Hilal» ingliz futbolchisi bilan potentsial transferni baholash uchun muzokaralar boshlagan. Hozirda hujumchi o'z kelajagi haqida qaror qabul qilmagan. Avvalambor, u saudiyalik klubdan taklifning sport va moliyaviy jihatlarini bilishni xohlaydi.

«Bavariya» bilan tuzilgan shartnomaga ko'ra, Keynning uchinchi mavsumda tovon puli 65 million evroni tashkil etadi. Shuning uchun «Al-Hilal» ushbu opsiyani faollashtirishga jiddiy tayyorlanmoqda. Biroq, saudiyalik jamoa hozircha «Bavariya» bilan rasmiy aloqaga chiqmagan, faqat Keyn bilan bog'langan.