Kataloniyaning «Barselona» klubi rahbari Joan Laporta Dortmundning «Borussiya» jamoasining qanot o‘yinchisi Karim Adeyemi bilan potentsial transferi haqida izoh berdi.

«U juda yaxshi va tezkor futbolchi. Biz uning o‘yini uzoq vaqt kuzatdik. Karimni qo‘lga kiritishimizdan xursandmiz. Deko yaxshi ish qildi», - deya Laportaning so‘zlarini Fabrizio Romano yetkazdi.

Oldinroq, matbuotda Adeyemining transferi uchun kataloniyaliklar 22 million evro to‘laydi, yana yetti million bonus sifatida beriladi, deb xabar berilgan. Futbolchi bilan besh yillik uzoq muddatli mehnat shartnomasi imzolanadi.