Dortmundning «Borussiya»sidan qanot o'yinchisi Karim Adeyemi Ispaniya chempionatida o'z faoliyatini davom ettirishi mumkin. 24 yoshli nemis futbolchisi uchun transferga qiziqish bildirayotgan klub esa Kataloniyaning «Barselona»sidir.
Insayder Fabrizio Romano ma'lumotlariga ko'ra, «ko'k-qizillar» Adeyemi transferi bo'yicha so'rov yuborgan. O'z navbatida, futbolchi La Ligadagi chempion jamoada o'z faoliyatini davom ettirishga tayyor. Klublar o'rtasidagi muzokaralar faol bosqichda davom etmoqda.
Qanot o'yinchisinin bozor qiymati 40 million evroga baholanmoqda. Uning «shmel» bilan tuzilgan shartnomasi kelasi yil yozida tugaydi.
O'tgan mavsumda Karim 39 ta o'yinda qatnashib, 10 ta gol urdi va 6 ta assist berdi.




