Munxenning «Bavariya» klubi va Stambulning «Beshiktash» klubi darvozabon Aleksandr Nyubelni o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishdilar. Ushbu yangilikni jurnalist Florian Pletternberg ijtimoiy tarmoqda e'lon qildi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, o'tkazish summasi 6,5 million evroni tashkil etadi, yana 5 million evro bonus sifatida to'lanadi. Darvozabonning «qora qarg'a» bilan tuzgan shartnomasi uch yilga mo'ljallangan bo'lib, Nyubel yangi jamoasida yiliga 5 million evro maosh oladi.
Esda tuting, Nyubel so'nggi uch yil davomida boshqa Bundesliga klubi – «Shtutgart»da o'ynagan va hatto Chempionlar ligasida ham maydonga tushgan. Darvozabonning yoshi esa atigi 29da.
«Beshiktash» esa besh yildan buyon Turkiya chempioni bo'lmagan.




