Marokashlik hujumchi Isma'il Saybari o'zining «Bavariya»ga o'tish sababini aytdi.
«Menga «Bavariya»ning o'yin uslubi mos keladi. Ushbu klubda men o'z futbolimni namoyish etishim va har kuni yangi jamoaga yordam berish uchun astoydil mehnat qilishim mumkin», - dedi Saybari klubning matbuot xizmatiga.
Bundan tashqari, hujumchi «Bavariya»ni maqtadi va munixentliklarni dunyoning eng kuchli klublaridan biri deb atadi. Bu, albatta, o'z o'rnida haqli.
Saybari 25 yoshda, avval hujumchi Niderlandiyada «PSV» safida o'ynagan. Hozirda hujumchi AQShda bo'lib, Marokash terma jamoasi bilan jahon chempionatida o'ynayapti. U turnirda o'tgan to'rt o'yinda uchta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Uch kundan so'ng marokashliklar 1/8 finalda Kanada bilan o'ynaydi.
«Bavariya» direktori Saybari haqida: «Uning mentaliteti biz uchun katta aktiv bo'ladi»




