«Bavariya» matbuot xizmati PSJning hujumchi yarim himoyachisi Ismaeil Saybariyani transfer qilinganini e'lon qildi.
Marokashlik futbolchi bilan shartnoma 2031 yil 30 iyungacha imzolandi. Transfer summasi 50 million evro tashkil etdi. Myunxen klubida yarim himoyachi 34-raqam ostida maydonga tushadi.
«Bolaligimda «Bavariya» kabi klub bilan shartnoma imzolashni orzu qilardim - bu dunyodagi eng yirik klublardan biri ekanligini hammamiz bilamiz. «Bavariya» har yili eng nufuzli trofeylar, masalan, Chempionlar Ligasi uchun kurash olib boradi va men bu yerda iloji boricha ko'proq unvonlarni qo'lga kiritmoqchiman.
«Bavariya»ning o'yin uslubi menga mos keladi. Vensan Kompani mening «Bavariya»ga o'tishimda muhim rol o'ynadi, shuning uchun men uning bilan ishlashni sabrsizlik bilan kutyapman», - dedi Saybari.
2025/26 yilgi mavsumda Ismaeil Saybari PSJda barcha musobaqalarda 37 ta o'yin o'tkazib, 19 ta gol urdi va to'qqizta golli pas berdi.




