Leverkuzenning «Bayer» himoyachisi Alejandro Girimaldo yaqin kunlarda «Atletiko» bilan mehnat shartnomasini imzolaydi.
Insayder Fabrizio Romano ma'lumotlariga ko'ra, 29-iyun dushanba kuni ispaniyalik futbolchi «matraschilar» bilan 2030-yil yozigacha shartnoma tuzadi. Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Bayer» taxminan 20 million evro oladi. Ushbu ma'lumot to'liq tasdiqlangan.
O'tgan mavsumda Girimaldo barcha musobaqalarda 46 uchrashuvda qatnashib, 14 marta raqiblar darvozasi tomon zarba berdi va 12 golli uzatmani amalga oshirdi.
Shuni ta'kidlash joizki, Girimaldo hozirda Ispaniya terma jamoasi bilan 2026-yilgi jahon chempionatida o'ynayapti.




