29 yoshli «Bavariya» darvozaboni Aleksandr Nyubel yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi kutilmoqda.

Mashhur jurnalist Ertan Syuzgunning ma'lum qilishicha, so'nggi paytlarda turk «Besiktash» klubi futbolchi bilan muzokaralarda katta yutuqlarga erishgan. Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, nemis darvozaboni bunday ko'chishga tayyor. Hozirda «Besiktash» «Bavariya» bilan transfer narxi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Nyubel so'nggi uch yilni «Shtutgart»da ijarada o'tkazdi. O'tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 49 uchrashuvda qatnashdi, 70 gol o'tkazib yubordi va 14 marta darvozasi daxlsiz qoldi.

Transfermarkt portali Nyubelning narxini 12 million evro deb baholamoqda.