Madridning «Real» klubi «Bavariya» yulduzi Maykl Olishni transfer qilishga jiddiy tayyorlanmoqda.

                          Prezident Florentino Peres bu bitimni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Jurnalist Xose Feliks Diasning ma'lumotlariga ko'ra, jahon chempionati tugagach, «Real» barcha kuchlarini sarflab, maynchenlik qanot o'yinchisini qo'lga kiritishga kirishadi. Marca nashri esa aniq summani keltiradi – 220 million evro. Aynan shuncha pulni «suvli» fransuz o'yinchisi uchun taklif qilmoqchi.

Avvalroq «Bavariya» Maykl Olishni hech qanday pulga sotmoqchi emasligini ma'lum qilgandi. Shuningdek, Bunderliganing buyuk klubi 24 yoshli o'yinchining shartnomasini uzaytirish va maoshini sezilarli darajada oshirish niyatida ekanligi haqida xabarlar paydo bo'lgan.