Portugaliyalik qanot o'yinchisi Afonsu Moreyra Leverkuzendagi «Bayer» bilan shartnoma imzoladi. Futbolchi fransuz «Lyon» klubidan sotib olingan. Bu haqda «farmatsevtlar»ning rasmiy saytida xabar berildi.

21 yoshli hujumchining mehnat shartnomasi 2031 yilning iyun oyigacha amal qiladi. Bitimning umumiy qiymati 33 million evro deb baholanmoqda. Klublar o'rtasidagi kelishuvda bonuslar ham ko'zda tutilgan.

O'tgan mavsumda Moreyra «Lyon» uchun barcha musobaqalarda 37 ta o'yin o'tkazdi. Fransiyada o'tkazgan bir yili davomida portugaliyalik o'yinchi sakkizta gol urdi va 11 ta golli uzatma berdi. 1-ligaga ko'chishidan oldin qanot o'yinchisi «Sporting»da, u yerda tarbiyalangan, va «Jil Visente»da o'ynagan.