2029 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzolaganidan so'ng, 33 yoshli hujumchi Garri Keyn Yevropaning eng ko'p maosh oladigan futbolchilaridan biriga aylandi. Mashhur jurnalist Florian Plet­tenberg ingliz futbolchisi bilan bog'liq moliyaviy tafsilotlarni oshkor qildi.

Keyn yillik 30 million evro daromad oladi, bu summa soliqlarni hisobga olmasdan, bonuslarni o'z ichiga oladi. Qo'shimcha to'lovlar Bavariyaning Germaniya chempionatidagi, Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatiga, shuningdek, hujumchining o'z natijalari va yana bir «Oltin to'p»ni qo'lga kiritishiga bog'liq bo'ladi.

Joriy mavsumda Bavariyaning hujum liniyasini boshqarayotgan Keyn 14 ta o'yinda 10 ta gol urdi va sakkizta golli uzatma berdi.