Markaziy himoyachi «RB Leypsig» Kastello Lyukeba «Barselona»ga o'tmoqchi. Bunga  Diario Sport xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 23 yoshli futbolchi agentini o'zgartirdi va endi «Barselona» himoyachisi Jul Kundening manfaatlarini himoya qiluvchi shaxs bilan ishlamoqda. Mish-mishlarga ko'ra, o'n kun oldin bu agent Kataloniyaliklarning sport direktori Deku bilan uchrashgan.

«Barselona» Lyukebaning jamoaga qo'shilish istagidan xabardor. Himoyachi «sine-granatoviylar» ro'yxatida bor, lekin uning bo'yicha hali yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Hozirgi mavsumda Lyukeba barcha turnirlarda 11 ta o'yinda ishtirok etdi, natijaviy harakatlar bilan ajralib turmadi.