Hujumchi yarim himoyachi Jamal Musiya Myunxenning «Bavariya» jamoasi bilan umumiy guruhda mashg'ulotlarga qaytdi. Bu haqda Bild xabar bermoqda.
Futbolchi sentyabr oxirida Germaniya milliy terma jamoasi safida bo'lganida son mushagidan jarohat oldi. Musiyani tiklanishi uchun besh hafta kerak bo'ldi.
Joriy mavsumda yarim himoyachi «Bavariya»ning barcha musobaqalarida to'rt o'yinda qatnashib, bir gol va bir assist bilan o'z hissasini qo'shdi.
7-noyabr kuni Vinsent Kompani jamoasi Mayntsga qarshi Bundersliganing to'qqizinchi turida mehmon bo'ladi. Myunxenliklar hozirda 18 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o'rinda turibdi.
