«Bavariya» va «Ayaks» o'rtasidagi do'stlik uchrashuvi 2027-yil 5-yanvarda bo'lib o'tadi va Keniya yangi milliy stadionining ochilish o'yini bo'ladi. Bu haqda «Ayaks» saytida ma'lum qilindi.
Shuni ta'kidlash joizki, olti marta Chempionlar ligasining g'olibi bo'lgan «Bavariya» va to'rt marta ushbu mukofotga ega bo'lgan «Ayaks» o'rtasidagi uchrashuv Sharqiy Afrikada katta futbol voqeasi va Keniya uchun kontinental chempionatni o'tkazish yo'lida muhim bir lahza bo'ladi. 60 ming tomoshabinga mo'ljallangan arena 2027-yilgi Afrika milliy kubogi o'yinlarini qabul qiladi.
«Ayaks»da aytishlaricha, klub stadionning ochilishiga taklif qilinganidan faxrlanadi. Mikel Sanches boshqaruvidagi jamoa uchun bu uchrashuv mavsumning ikkinchi yarmiga tayyorgarlikning oxirgi bosqichi bo'ladi.
