«PSJ» BUNDESLIGAdan futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Fransiyaning 1-ligasi gigantiga «Bayer»dan hujumchi yarimhimoyachi Ibragim Maza qiziq. Nemis Sky jurnalisti Florian Plettenbergning xabariga ko'ra, Maza «PSJ»ning short-listida bo'lib, uni Xvicha Kvaratskheliani o'rnida ko'rishlari mumkin.
«Bayer» «PSJ»ning qiziqishidan xabardor, ammo xavotirda emas. Leverkuzenliklar shartnomani uzaytirishga qat'iy qaror qilgan – «farmatsevtlar» Mazani sport loyihasi uchun muhim futbolchi deb hisoblaydi. «Bayer» 20 yoshli futbolchining maoshini oshirib, shartnomani uzaytirmoqchi.
Ibragim Maza «Bayer» bilan 2030 yilning o'rtasigacha davom etadigan shartnomaga ega. Transfermarkt portali futbolchini 50 million yevroga baholaydi.
