«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompanining hushdan ketish sababi hozirgacha noma'lum.

Sport.de ma'lumotlariga ko'ra, 40 yoshli mutaxassis yiqilib, elkasini chiqargan, shundan so'ng uni shifoxonaga olib borishgan. Hodisa sodir bo'lgan kuni uni kuchli bosh og'rig'i ham qiynagan. Shifokorlar boshni tekshirishga e'tibor qaratishdi, lekin insult va infarkt istisno qilindi. Belgiyalik murabbiyning holati asta-sekin yaxshilanmoqda, ammo aniq tashxis hozircha qo'yilmadi. 

«Bavariya» yetti turdan so'ng 17 ochko to'plagan va Bundesligada Borussiya Dortmund bilan birinchi o'rinni bo'lishmoqda. Myunxenliklar nemis chempionatidagi navbatdagi o'yinlarini 31 oktyabrda «Borussiya»ga qarshi o'z maydonlarida o'tkazishadi.