Markaziy himoyachi «Shtutgart»dan Finn Yelch «Barselona» va boshqa yirik klublarning kuzatuv ro'yxatida. Bu haqda Diario SPORT xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «ko'k-qizillar» 20 yoshli futbolchini yanvar oyida sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Hans-Diter Flik himoyachining nomzodini allaqachon ma'qullagan.

Shu bilan birga, «Shtutgart» Yelch uchun 60 million evrodan ko'proq talab qilishi ta'kidlanmoqda. Bu «Barselona» uchun transferni qiyinlashtirishi mumkin.

Shuningdek, futbolchiga «Liverpul», «Real», «Atletiko» va «Arsenal» tomonidan ham qiziqish mavjudligi ta'kidlangan.

Ushbu mavsumda Yelch barcha musobaqalarda o'nta o'yin o'tkazdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.