Myunxenning «Bavariya» klubining bosh direktori Yan-Kristian Drizen Garry Keyn bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar haqida fikr bildirdi.
«Men bu borada juda ijobiy kayfiyatdaman. Bizga faqat ba'zi detallarni hal qilish qoldi. Garry ajoyib. Biz uning «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgani bilan faxrlanamiz,» — deya keltiradi BILD agentligi funksionerning so'zlarini.
Hozirgi mavsumda 33 yoshli Keyn barcha musobaqalarda 12 o'yinda maydonga tushdi, 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi.
Ingliz hujumchisi bilan «Bavariya» o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning iyunida tugaydi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, hujumchining bozor narxi 60 million evroga teng.
