Myunxenning «Bavariya» bosh direktori Yan-Kristian Drizen klubning qanot o'yinchisi Maykl Olish bilan yangi shartnoma ustida ish boshlaganmi, degan savolga javob berdi.

«Biz Mayklning biz bilan iloji boricha uzoqroq o'ynashini xohlaymiz. To'g'ri vaqt kelganda, biz uning kelajagi haqida suhbatlashamiz», — deydi Drizen SPORT BILDga.

«Bavariya» 2024 yilda Olishni «Kristal Pelas»dan 53 million evroga sotib oldi, bu hozirgi kunda nisbatan past narx hisoblanadi.

Ushbu mavsumda fransuz hujumchisi barcha musobaqalarda 11 ta o'yin o'tkazdi, 10 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va 6 ta golli uzatma berdi.

Olishning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha davom etadi.