«Bavariya» yarim himoyachisi Luis Diasning tiklanish muddatlari ma'lum bo'ldi. U Londondagi «Arsenal»ga qarshi Chempionlar ligasi o'yinida jarohat oldi.

Kolumbiyalik futbolchi to'rt haftadan olti haftagacha maydondan chetda qolishi mumkin. Myunxen klubida 29 yoshli o'yinchining shunday muddatda yo'qligini kutishmoqda, deb xabar beradi jurnalist Kerri Hau.

Avvalroq «Bavariya» Diasning jarohatini rasmiy ravishda tasdiqlagan edi, ammo uning qaytish muddatini aniq ko'rsatmagan. Tibbiy tekshiruvda kolumbiyalik futbolchining chap sonining orqa tomonidagi mushak tolalarida kichik yirtilish aniqlangan.