«Bavariya» 29 yoshli yarim himoyachi Luis Diazning Arsenal bilan bo'lib o'tgan Chempionlar ligasi o'yinida jarohat olgani haqida ma'lum qildi.

Nemis klubining rasmiy saytida qayd etilishicha, tibbiy tekshiruv natijasida o'yinchining chap sonining orqa qismidagi mushak tolalarida kichik yirtilish aniqlangan. Diastan maydonga qaytish muddatlari hozircha aniq emas. 

Eslatib o'tamiz, kecha londondaliklar bilan bo'lib o'tgan o'yinda futbolchi ikkinchi taymning o'rtalarida maydonga tushdi, ammo uchrashuvni oxirigacha o'ynay olmadi. 90-daqiqada kolumbiyalik jarohati sababli almashtirildi. 

Ushbu uchrashuv natijasi 2:2 hisobida tugadi.