Hujumchi Kristofer Nkunku, huquqlari «Milan»ga tegishli, «RB Leypsig»da o‘ynashni davom ettirishni xohlayotganini ma’lum qildi. O‘yinchi 2026-yil yozida boshqa jamoaga ijaraga o‘tdi.
«Biz faqatgina mavsumni boshladik. Bu masalani muhokama qilishda bir nechta tomonlar ishtirok etmoqda. Avvalo, mavsum oxirida klublar kelishib olishi kerak. Shuning uchun ham hamma narsa faqat mendan emas. Lekin albatta, men bu yerda uzoqroq qolishim mumkinligini tasavvur qila olaman», - dedi Nkunku Sport Bildga bergan intervyusida.
Germaniya klubi fransuz futbolchisini 28 million evro evaziga sotib olish imkoniyatiga ega. Hozirgi mavsumda Nkunku barcha musobaqalarda 8 o‘yinda 4 gol urdi va 2 golli uzatmani amalga oshirdi.
