«Bavariya» qanot o'yinchisi Mikail Olise sentyabr oyida klubning eng yaxshi o'yinchisi deb tanlandi. Bu haqda jamoaning rasmiy sayti xabar bermoqda.

Futbolchilar o'rtasida o'tkazilgan ovoz berishda fransuz 74,2% ovoz to'plab, Garry Keyn va Jamal Musialani ortda qoldirdi. U avgust oyida ham ushbu mukofotni qo'lga kiritgan edi.

Sentyabrda Olise rasmiy o'yinlarda 6 gol urdi va 2 golli uzatma berdi. Chempionlar ligasida «Budyo-Glimt»ga qarshi o'yinda (5:0) u bir gol urdi va bir golli uzatma berdi, Bundersligadagi «Union»ga qarshi o'yinda (7:0) esa xet-trik amalga oshirib, Keynni assistentlik qildi.

Bundan tashqari, muxlislar Olisening «Budyo-Glimt» darvozasiga urgan golini sentyabr oyida «Bavariya»ning eng yaxshi goli deb tanladilar.