Leverkuzenning «Bayer» klubi rasmiy ravishda yarimhimoyachi Kennet Aykhornni sotib olgani haqida ma'lum qildi. 16 yoshli futbolchi Berlinning «Gerta» klubidan o‘tib, nemis klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

Aykhorn markaziy himoyachi pozitsiyasida o‘ynaydi va Germaniyadagi avlodining eng istiqbolli futbolchilaridan biri hisoblanadi. O‘tgan mavsumda futbolchi «Gerta»ning asosiy jamoasi safida ikkinchi Bundesligada 19 ta rasmiy o‘yinda qatnashib, ikki marta gol urdi.

«Juda yaxshi muzokaralardan so‘ng, «Bayer» men uchun eng yaxshi variant ekaniga qaror qildim. Bu yerda ko‘plab yosh futbolchilar tezda yuqori darajadagi futbolchilarga aylanishdi. Men ham shunga o‘xshash yo‘lni bosib o‘tish uchun qo‘limdan kelganini qilishga tayyorman», - dedi futbolchi.

Yangi jamoasida Aykhorn 18-raqamli formani kiyadi.