Chap himoyachi Frankfurtdagi «Ayntraxt»dan Nataniyel Braun yaqin orada «Bavariya»ga o'tadi.

Peregovorlar tez sur'atlarda rivojlanmoqda va muvaffaqiyatli natijaga yaqinlashmoqda. Jurnalist Florian Plettenbergning ma'lumotlariga ko'ra, tomonlarga transfer kompensatsiyasi va bonus to'lovlari bo'yicha ba'zi tafsilotlarni hal qilish qolgan. Ikkala klubning vakillari ham shartnoma tuzishni xohlaydi. To'liq kelishuv yaqin kunlarda erishilishi kerak.

Nataniyel Braunning Transfermarkt saytida belgilangan narxi – 40 million evro. O'tgan mavsumda 22 yoshli Germaniya terma jamoasi futbolchisi «Ayntraxt» uchun 42 o'yin o'tkazib, to'rt gol urdi va olti golli uzatma berdi.