«Bavariya»ning qanot o'yinchisi Maykl Olise yangi shartnoma imzolashi mumkin. Myunxenning ulkan klubi fransuz bilan 2031 yilgacha shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda, bu haqda ilgari turli manbalar xabar bergan edi. Jurnalist Nikolo Skira ma'lumotlariga ko'ra, Olisening maoshi sezilarli darajada oshadi – u Garri Keyndan keyin jamoaning ikkinchi eng yuqori maoshli o'yinchisi bo'ladi.

Maykl Olise 2024 yil yozida inglizning «Kristal Pelas» klubidan «Bavariya»ga o'tdi. Myunxenliklarning hujum liderining amaldagi shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. O'tgan mavsumda 24 yoshli futbolchi 52 o'yinda 22 gol urdi va 31 golli uzatma berdi.