Fransuz hujumchisi Usman Dembele jamoa uchun Fabian Ruizning ahamiyati haqida fikr bildirdi.
«U ajoyib futbolchi. Ruiz sening jamoangda o'ynaganda, sen barcha sovrinlarni yutasan. U alohida. Juda tinch o'yinchi, o'yinlarda tempni belgilaydi. Bu juda kam baholangan o'yinchi», — dedi Dembele The Athletic bilan bo'lgan intervyusida.
Hozirgi mavsumda 30 yoshli Ruiz barcha turnirlarni hisobga olganda, olti o'yin o'tkazdi, bitta gol urdi va ikki samarali uzatma berdi.
Uch turdan so'ng, PSJ Fransiya chempionatida 13-o'rinda turibdi va faqat ikki ochko to'plagan.
