«PSJ» hujumchisi Usman Dembele jamoadoshi, gruzin qanot o'yinchisi Xvicha Kvaratskhelia haqida fikr bildirdi.

«Bu ajoyib futbolchi, eng yaxshi qanot hujumchilaridan biri, dunyodagi eng yaxshi o'yinchilardan biri. O'tgan yili uning ajoyib mavsumi bo'ldi - u jamoa uchun juda muhim. Unga ko'p laqablar berilgan, biz uni bu yerda «Eng yaxshi» yoki «Kvaradona» deb ataymiz», - dedi fransuz The Athletic nashriga.

Hozirgi mavsumda Fransiya chempionatida 25 yoshli gruzin uchta uchrashuv o'tkazib, bitta gol uzatishga muvaffaq bo'ldi. Kvaratskhelianing transfer qiymati 140 million evroni tashkil etadi. Uning parijliklar bilan shartnomasi 2029 yilning iyunigacha davom etadi.