«PSJ» yarim himoyachisi Fabian Ruis o'zining gruzin hamkasbi Xvicha Kvaratskhelia haqida fikr bildirdi.
«U ajoyib futbolchi, ayniqsa raqib maydonida. U osonlik bilan himoyani yorib o'tadi, o'ng oyog'i bilan ajoyib zarba beradi. U futbolni yaxshi tushunadi, bo'sh joylarni ko'radi va to'pni qanday qabul qilishni biladi. Bu qanot o'yinchisi, u bizga himoyada juda yordam beradi. Bu uning kuchli tomonlaridan biri», — deb keltiradi Ruisni The Athletic.
Joriy mavsumda 25 yoshli Kvaratskhelia barcha musobaqalarda beshta o'yinda maydonga tushdi, bir gol urdi va bir assistga ega bo'ldi.
Xvicha va Ruis 2025/26 mavsumi natijalariga ko'ra «Oltin to'p» uchun nomzodlar qatorida.
