«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Usmon Dembele bilan yangi shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda.

29 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan, ammo tomonlar yangi bitim imzolashga qiziqish bildirmoqda. Insider Nikolo Skira ma'lumotlariga ko'ra, parijliklar hujumchining mehnat shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirishni niyat qilmoqda.

Yaqinda «PSJ» Luis Enrike, Lukas Beraldo, Joao Neves, Senni Mayulu, Vilyan Pacho va Fabyan Ruiz bilan shartnomalarni uzaytirdi.

Fransiyaning amaldagi chempionlari yangi mavsumni muvaffaqiyatsiz boshladi: jamoa hozirgacha Liga 1da g'alaba qozonmadi va uch turdan so'ng atigi ikki ochko to'pladi.