«Lion» rahbariyati bu yozda jamoa tarbiyalanuvchisi Karim Benzemani klubga qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqdi. L’Equipe ma'lumotlariga ko‘ra, 38 yoshli hujumchi o‘zining tug‘ilgan klubida bir mavsum o‘tkazishga tayyor edi va maosh olmaslikka rozi bo‘ldi.

Ammo transfer amalga oshmadi, chunki Benzemaning Saudiya professional ligasi bilan amaldagi shartnomasi bor edi. «Al-Hilal» bilan shartnoma bekor qilinishiga qaramay, futbolchi 2030 yilgacha Saudiya Arabistoni chempionati elchisi bo‘lib qoladi va ushbu shartnomadagi majburiyatlarini bajarishga niyat qilgan.

Benzema 2009 yilda «Lion»ni tark etib, «Real»ga o‘tdi. Madrid klubida u besh marta Chempionlar ligasini yutdi va 2022 yilda «Oltin to'p»ni qo‘lga kiritdi.