«Monako» futbolchisi Aleksandr Golovinning agenti, o‘tgan kuni «PSJ»ga qarshi o‘tkazilgan o‘yindagi futbolchining chiqishini baholadi.

Monakoliklarga 2:1 hisobida g‘alaba qozonish nasib etdi. Golovin uchrashuvni birinchi daqiqalardan boshladi va g‘alaba goliga assistentlik qildi.

- Sasha juda kuchli o‘yin o‘tkazdi, ko‘p ishladi. O‘zining individual harakatlari bilan jamoaning birinchi golida ishtirok etdi va ikkinchi golga assistentlik qildi, - deydi Aleksandr Klyuev «SE»ga.

Golovinning joriy mavsumda uchta turda ikki assisti bor. «Monako» 9 ochko to‘plab, Ligue 1 jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda.