Hujumchi Ferran Torres yaqin kunlarda «PSJ» futbolchisi bo'lishi kutilmoqda. Parij klubi va «Barselona» o'rtasidagi kelishuv juda yaqin ekanligi xabar qilindi.
Ispaniyaning Sport nashriga ko'ra, «PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Torres uchun reja tuzgan. Enrike hujumchini darhol o'yinlarda ishlatmoqchi emas, chunki Ferran Jahon chempionatidan keyin ta'tilda. Torres Fransiya Superkubogini o'tkazib yuborishi va faqat bir hafta o'tgach, 23-avgustda «Ren»ga qarshi Liganing 1-bosqichida o'yin vaqtini olishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, Luis Enrike Ferran Torresning ko'p qirraliligini qadrlaydi – hujumchi markazda ham, qanotlarda ham o'ynay oladi.
