«Pari Sen-Jermen» klubida Bradli Barkola va Ibraim Mbayeni sotish orqali katta mablag‘ olishni umid qilmoqdalar. Ikkala qanot o'yinchisi yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin poytaxt klubini tark etishi mumkin. Fabrizio Romano xabarlariga ko'ra, Ligue 1ning ulkan klubi ikki o'yinchini sotish orqali taxminan 200 mln yevro daromad olishni kutmoqda.

Transfermarkt portalining mutaxassislari 23 yoshli Barkolaning narxini 90 mln yevro, 18 yoshli Mbaye esa 30 mln yevro deb baholamoqda. Fransuz o'yinchilariga Angliya Premyer Ligasi klublari qiziqmoqda. Barkola uchun eng katta favorit sifatida «Liverpul» ko'rsatilmoqda, ammo hozircha «PSJ»ning talablarini qondira olmadi.