«PSJ» rasmiy ravishda yarim himoyachi Magnes Akliyushning «Monako»dan o'tishi haqida e'lon qildi.

Fransuz futbolchi parij klubiga 2031 yilgacha shartnoma imzoladi va 11-raqam ostida o'ynaydi.

- «PSJ»ga qo'shilganimdan juda xursandman. Bunday klubning bir qismi bo'lish men uchun katta sharaf. Yangi kareramning yangi sahifasini boshlash va jamoaga yangi muvaffaqiyatlar qozonishda yordam berish imkoniyatini kutyapman, - dedi Akliyush.

Akliyush «Monako»ning tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2021 yilda asosiy jamoada debyut qilgan. Avvalroq, futbolchining transferi fransuz gigantiga taxminan 50 million evroga tushishi haqida ma'lumotlar tarqalgandi.