Fransiya terma jamoasining sobiq o‘yinchisi Kristof Dyuqarri Zinedin Zidanning murabbiy bo‘lishiga ishonmasdi - na Madridning «Real» klubida, na Fransiya terma jamoasida. U buning sababini tushuntirdi:

«Bu g‘alati tuyulishi mumkin, lekin men buni tasavvur qila olmadim. U futbolni boshqa sifatda davom ettiradi deb o‘yladim - klub prezidenti, klub egasi, aksiyador yoki rahbar sifatida - lekin murabbiy sifatida emas», - deydi Dyuqarri fransuz nashri L'Equipe ga bergan intervyusida.

Esimizda tutaylik, Zidanning Fransiya terma jamoasining yangi murabbiyi bo‘lgani e’lon qilindi. U ushbu lavozimda 14 yil davomida ishlagan Didye Deshamni almashtirdi.