«Monako» qanot o'yinchisi Magnez Aklyush «PSJ»ga o'tmoqda. Bir necha kun oldin monakoliklarga 24 yoshli futbolchini parijliklarga 50 million evro evaziga sotishga rozi bo'lganliklari ma'lum bo'ldi. Insider Fabrizio Romano ma'lumotlariga ko'ra, endi o'yinchi o'z roziligini berdi – u bilan barcha shartlar bo'yicha kelishuvga erishildi.

Kelayotgan haftada Aklyush tibbiy ko'rikdan o'tadi va «PSJ» bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. «Monako»da fransuz jami 139 o'yin o'tkazib, 23 gol urdi va 28 golli uzatma berdi. Fransiya terma jamoasi safida Magnez bir marta gol urdi va ikki golli uzatma berdi, o'n uchrashuv o'tkazdi.