Parijning «PSJ» jamoasi «Monako» yarimhimoyachisi Magnes Akliushni transfer qilish bo'yicha muzokaralarda katta yutuqqa erishdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, parijliklar va monakoliklardagi kelishuv oxirgi bosqichga yetib keldi. Tomonlarga oxirgi tafsilotlarni kelishish va transferni rasmiylashtirish qolgan.
Magnes Monako bilan 2028 yilning o'rtalarigacha shartnoma tuzgan. O'yinchining transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda.
2025/2026 yilgi mavsumda Akliush 43 o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 10 ta assist berdi.
